09 okt 17:24
Yangiliklar
Tennis
Shanghai Masters. Jokovich ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi
Xitoyning SHanxay shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning ikkinchi davrasida oson g'alabaga erishdi. Serbiyalik tennischi ATP reytingida 36-o'rinni egallab turgan kanadalik Denis SHapovalovga qarshi kortga chiqdi va raqibini mag'lub etdi - 6/3, 6/3.
Uchrashuv 1 soatu 10 daqiqa davom etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Novak 3:0 hisobida oldinda bormoqda. Endi Jokovich Rolex Shanghai Masters turnirining uchinchi bosqichida amerikalik Jon Isnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar