09 okt 19:46
Yangiliklar
Tennis
Shanghai Masters. Karen Xachanov uchinchi davraga chiqdi
Sayyoramizning to'qqizinchi raketkasi Karen Xachanov Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilayotgan "Masters" turnirining uchinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Rossiyalik tennischi Rolex Shanghai Masters turnirining ikkinchi davrasida reytingning 29-pog'onasida borayotgan amerikalik Teylor Fritcga qarshi bahs olib bordi.
Karen 68 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibiga deyarli imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Xachanov uchinchi bosqichda italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar