05 iyu 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA

SHaraflangan UFC jangchisini avtomobil bosib ketdi
Braziliyalik sharaflangan UFC jangchisi Vanderley Silva sayrga chiqqan paytda avtofalokatga yo'liqdi.
Voqea Braziliyaning Kuritiba shahrida ro'y bergan. Sportchining o'ng oyog'i sinib ketgan. Yuz qismi ham "tamirtalab" bo'lib qolgan. Mashina haydovchisi zudlik bilan Silvani shifoxonaga olib borgan.
"Agar shlemim bo'lmaganida aniq narigi dunyoga ravona bo'lardim. Yaratgan hayotimni qaytarib berdi. Odamlar sayrga, umuman ko'chaga yumush bilan chiqqanlarida extiyot bo'lishlari shart, ayniqsa Kuritiba ko'chalarida", - deya Silvaning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, Vanderley Silva so'nggi bor 2018 yilda oktagonda ko'rinish bergandi. O'shanda u Kuinton Jeksonga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar