08 mar 18:13
Yangiliklar
Tennis
SHarapova 15 yil deganda ilk bor ketma-ket 3ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi
Indian-Uells turnirining ikki karra g'olibasi Mariya SHarapova bugun ushbu musobaqaning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Rossiyalik tennis malikasi yaponiyalik 20 yoshli Naomi Osaka 4:6, 4:6 hisobida yutqazdi. Bu bilan u ketma-ket 3ta uchrashuvda raqibalariga imkoniyatni boy berdi.
So'nggi bor SHarapova 2003 yili WTA turnirlarida ketma-ket 3ta bahsda mag'lubiyatga uchragan edi. 30 yoshli Mariya Indian-Uells turniri doirasidagi uchrashuvlarda g'alaba (38ta) qozonish bo'yicha birgina Lindsey Devenportga yutqazyapti.
Havola :
Fikrlar