11 fev 23:34
Yangiliklar
SHarofiddin - “Katta Dubulg'a” turniri kumush medal sovrindori!
Ushbu musobaqada O'zbekiston dzyudo terma jamoasining to'qqiz nafar azosi ham ham ishtirok etyapti. Bugun erkaklar o'rtasida -60, -66 hamda -73 kg vazn toifalarida bahslar o'tkazildi.
Hamyurtlarimizdan -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan SHarofiddin Lutfullaev yakunda kumush medal sovrindori bo'ldi. Dzyudochimiz final chiptasi uchun bahsda koreyalik CHan Yong Kimni mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, u hal qiluvchi final bellashuvida dzyudo vatani hisoblangan yaponiyalik polvon Naoxisa Takatoga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu terma jamoamizning ilk medali bo'ldi.
Malumot uchun, SHarofiddin yarim finalga qadar slovakiyalik Matyaj Trbovk, rossiyalik Robert Mshvidobadze, braziliyalik Erik Takabatakedan ustun kelgandi.
Fikrlar