So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

15 mar 16:48
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Mirabror Usmonov haqida: "Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug' inson edi"

Mamlakatimiz jamoatchiligi judolikka uchradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azosi, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonov shu yil 15 mart kuni og'ir xastalik tufayli vafot etdi. 

Prezident SHavkat Mirziyoev marhum xonadoniga tashrif buyurib, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Mirabror Zufarovich Usmonov 1947 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ko'p yillar iqtisodiyot, savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan, 1994-2005 yillarda esa O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari sifatida istemol mollari ishlab chiqarish va savdo tarmoqlariga rahbarlik qilgan. 

M.Usmonov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidagi ko'p yillik faoliyati davomida bilimi, katta hayotiy tajribasi bilan qonunlar ishlab chiqilishida faol ishtirok etdi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti sifatida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. 

Mirabror Usmonovning ko'p yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Do'stlik” ordenlari hamda “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi.

Davlatimiz rahbarining marhum xonadoniga tashrifi xalqimizga xos olijanoblikning, mamlakat rivojiga hissa qo'shgan insonlarga ehtiromning yana bir ifodasi bo'ldi.  
Quron tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.

Prezidentimiz marhumning ezgu ishlarini yodga oldi.

– Mirabror Usmonov mustaqilligimizning og'ir-engil kunlarini tortgan, xalqimizga, Vatanimizga katta xizmatlar qilgan ulug' inson edi. Odamlarga qo'lidan kelgancha yaxshilik qilardi. Oilasiga, yurtiga, davlatga sadoqatli edi. Keyingi paytlarda sog'ligi yaxshi bo'lmasa ham Senatning hamma majlislarida qatnashishga harakat qildi, foydam tegsin derdi, – dedi davlatimiz rahbari. 

Taziyaga yig'ilganlar Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing