So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

16 dek 17:05
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Nukusda bunyod etilgan ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Mamlakatimizning boshqa shaharlari qatori Nukus shahri qiyofasi ham yildan-yilga go'zallashib, zamonaviy turar joylar, istirohat bog'lari, sport majmualari bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Sportning erkin va yunon-rum kurashi, og'ir atletika, dzyudo, taekvondo, boks, qilichbozlik, badiiy gimnastika singari 11 turi bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasini bunyod etish uchun 15 milliard so'mlikka yaqin qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy sport jihozlari bilan taminlangan 7 sport zali, yotoqxona, oshxona, mashg'ulotlar uchun suniy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod o'g'il-qiz sport bilan muntazam shug'ullanishi mumkin.

Takidlash joizki, ushbu sport kompleksi yuqorida qayd etilgan sport turlari bo'yicha Qoraqalpog'iston terma jamoalari o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazadigan bazaga aylantiriladi. Ushbu majmua o'quv-yig'in mashg'ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlari bo'yicha mamlakatimizda yagona hisoblanadi.

Prezidentimiz majmuada mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan muloqot qildi.

Avvalambor shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman, dedi Prezidentimiz. Bu maskanda sport bilan shug'ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak. 

Davlatimiz rahbari majmuada Qoraqalpog'iston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish, mashg'ulotlarni samarali o'tkazish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing