So’nggi yangiliklar

09:44Дунёнинг биринчи ракеткаси "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 09:23Шоҳжаҳон Эргашев ҳазиломуз пост қўйди + ФОТО 0 09:02Copa America. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди 0 08:41"Осиё болалари": Ўзбекистон етакчиликка эришди 0 08:20WBC Деонтей Уайлдерга чемпионлик жанги бермоқчи 0 07:59Ёш дзюдочиларимиз Истанбулдаги турнирнинг илк куни 6 та медаль қўлга киритишди, 3 таси олтин + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:38Евро-2024. 1/4 финалнинг барча жуфтликлари ва бошланиш вақтлари билан танишинг 0 20:54Дзюдо федерацияси Париж-2024 Олимпиадаси олдидан матбуот анжумани ўтказди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:45Порье Махачев билан реванш жангини истамоқда, Махачев эса бунга жавоб берди 0 19:22Олимпиада. Абдумалик Халоков ва Зайнаб Дайибековагача кимлар Ўзбекистон байроқдори бўлган? 0 19:00"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади 0 18:39Жон Жонс Миочич билан жангдан сўнг фаолиятини якунлайдими? 0 18:17Дастин Порье: "Менга пул керак эмас, қон керак" 0 17:53Алекс Перейра Магомед Анкалаевга жавоб қайтарди 1 17:30Роналду: "Бу охиргиси" 0

25 jan 12:31
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonga imzo chekdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining F a r m o n i

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

SHu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya) jarayoniga innovacion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:

1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yo'nalishlari etib belgilansin:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug'ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport talimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy malumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya)ning samarali va shaffof to'rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o'quvchi-sportchilari o'rtasida “Bolalar sport o'yinlari”ni o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida “Talabalar sport o'yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlamlari, jumladan, umumtalim maktabi o'quvchilari, professional va oliy talim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumtalim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o'tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumtalim maktabi, professional va oliy talim muassasasi nominaciyasini joriy etish;

2020 yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni“Save Aral” xalqaro ekomarafoniavtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o'tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;

aholining barcha qatlamlari o'rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o'tkazishni joriy etish;

sport turlari bo'yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg'or innovacion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik taminotni yo'lga qo'yish;

sport turlari bo'yicha 18 yoshgacha bo'lgan hududiy terma jamoa azolarini hududiy bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarining o'smirlar bo'limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa azolarini tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazib borish mexanizmini joriy etish;

2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo'yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;

qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

O'zbekiston sport delegaciyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo'yicha Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;

xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo'lga qo'yish, “Sport Visa” qo'shimcha (elektron bo'lmagan) kirish vizasini joriy etish;

sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan, sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo'yicha zarur choralar belgilash;

sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo'shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish;

huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi talim muassasalari, jumladan, “Temurbeklar maktabi” o'quvchi-talabalari uchun “Armiya o'yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar va to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish;

jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, “Sport.uz” axborot tizimi orqali sport inshootlarining telekommunikaciya tarmoqlariga ulanishini taminlash;

milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o'yinlari dasturlariga kiritish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish koncepciyasi (keyingi o'rinlarda – Koncepciya) 1-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish koncepciyasining maqsadli ko'rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirishkoncepciyasini 2020 yilda amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;

Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish ro'yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Koncepciyada nazarda tutilgan maqsadli ko'rsatkichlar va asosiy yo'nalishlar har yili O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan byudjet mablag'lari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yo'l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

3. SHunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

har yili 1 noyabrga qadar kelgusi yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi (keyingi o'rinlarda – respublika kalendar rejasi) sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) taqdimnomasi asosida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi;

respublika kalendar rejasida belgilangan xarajatlar tarkibida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar)ning faoliyati bilan bog'liq xarajatlar, shuningdek, sportchilarni sug'urtalash xarajatlari nazarda tutiladi;

tasdiqlangan respublika kalendar rejasiga asosan hududiy hamda tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan har yili 1 dekabrga qadar tasdiqlanadi;

sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya), sport zaxirasini shakllantirish tizimini yo'lga qo'yish, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o'ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumtalim maktablari oliy talim muassasalari kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha yordamchilari biriktirilgan hududlarda, shu jumladan, mahalla fuqarolar yig'inlarida aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo'yicha masul etib belgilanadi.

4. Belgilab qo'yilsinki, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari:

jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qo'llab-quvvatlash va ularning inshootlari infratuzilmasini rivojlantirish;

Qoraqalpog'iston Respublikasining byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti, tuman (shahar) byudjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag'larni hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini qo'shimcha moliyalashtirish uchun yo'naltirish;

respublika sport federaciyalari (uyushmalari) bilan birgalikda oliy talim muassasalarini sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o'tkazish, aholi va yoshlar o'rtasida bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini har chorakda muhokama etib borish;

tegishli hududda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport tashkilotlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha masul hisoblanadi.

5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, o'z tasarrufida bo'lgan yoki tegishli hududda joylashgan ochiq sport obektlari (stadion, futbol maydoni va boshqa sport obektlari) hamda istirohat bog'larida (xususiy tadbirkorlik subektlariga tegishli obektlar bundan mustasno) aholining yugurish, yurish va badantarbiya turlari bilan bepul shug'ullanishi uchun sharoit yaratsin.

6. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:

vazirlik markaziy apparati tuzilmasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi negizida Ichki audit va moliyaviy nazoratboshqarmasini tashkil etish;

sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yig'imni pul to'lovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilash;

O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda talim muassasalarining sport inshootlarini, ularda rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo'yicha investiciya majburiyatini olgan holda, o'quv mashg'ulotlaridan bo'sh vaqtda tadbirkorlik subektlariga foydalanishga berish;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini o'tkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha bo'lgan qismini byudjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag'larini shakllantirishning qo'shimcha manbasi etib belgilash to'g'risidagi takliflari maqullansin.

7. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman va shahar bo'limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimdagi sport maktablari va kollejlari o'quv sinf va laboratoriya xonalari hamda yotoqxonalarini jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan 50 milliard so'm mablag' ajratsin.

8. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Milliy bank” AJ jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million evro, shu jumladan, 2020 yilda 50 million evro miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit mablag'larini (keyingi o'rinlarda – kredit mablag'lari) jalb qilsin.

9. Belgilab qo'yilsinki, loyiha tashabbuskorlariga:

2020-2021 yillarda jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish uchun ajratiladigan tijorat banklarining summasi 10 milliard so'mdan, foiz stavkasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun – asosiy stavkadan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko'p bo'lmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan qoplab beriladi;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur bo'lgan mablag'larni Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasiga belgilangan tartibda ajratsin;

kredit mablag'lari jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etishda innovacion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan engil konstrukciya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Qurilish vazirligi Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasi, talim muassasalari va boshqa obektlarning quvvati hamda mazkur bandda ko'rsatilgan talablardan kelib chiqib, har bir sport turlari bo'yicha barpo etiladigan sport obektlariningnamunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taminlasin.

10. 2020 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan respublika hududlarida jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish bo'yicha istiqbolli loyihalarning yig'ma ko'rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni:

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tarkibidagi sport talimi muassasalarining shtat birliklari doirasida sport dietologi, sport psixologi, sport farmakologi, massajchi va selekciya bo'yicha trener lavozimlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida har bir sport turi bo'yicha Bosh trener-selekcionerlavozimini joriy etish;

sport muassasalarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag'lar doirasida sport tayyorgarligidan o'tayotgan o'quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport talimi muassasasiga o'tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to'lash;

sport maktablari erishgan natijalariga ko'ra ular maqomini qayta ko'rib chiqish va belgilash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 1 fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag'batlantirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-o'quvchilarni O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy talim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) qo'shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish;

b) “Bolalar sport o'yinlari”ning jamoaviy o'yin turlari bo'yicha respublika bosqichi:

g'oliblariga (1-o'rin) oliy talim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo'yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish;

g'olib va sovrindorlarni (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan egallagan 1-o'rin uchun mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining – 6 baravari2-o'rin uchun – 4 baravari3-o'rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash;

v) umumiy o'rta talim maktablari o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va sport talim muassasalarining trenerlari malaka attestaciyasiga jalb etilmasdan, ularga:

tuman (shahar) bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasini;

viloyat bosqichi g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani

uchun – birinchi malaka toifasini;

respublika va xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlarini (1-3 o'rin) tayyorlagani uchun – oliy malakatoifasini to'g'ridan-to'g'ri berish;

g) olimpiya sport turlari bo'yicha respublika (1-o'rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3 o'rinlar) g'olib chiqqan oliy talim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi kafedralar o'qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (docent, professor) to'g'ridan-to'g'ri berish.

13. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

hamda Moliya vazirligining:

sport maktablarining o'quv dasturlarida o'quv mashqlar soatini qisqartirish hisobiga ushbu maktablardagi trener-o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o'quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilash;

bosqichma-bosqich tuman (shahar) bolalar va o'smirlar sport maktablaridagi bosh hisobchi lavozimlari hisobidan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarida markazlashgan buxgalteriya xizmatinijoriy etish hamda unga tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag'larning hisobini yuritishni yuklash to'g'risidagi takliflari maqullansin.

14. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida, uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga qo'shimcha 28 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari kiritilsin.

15. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o'quv yiliga qadar oliy talim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi bakalavriat talim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat talim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirsin hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o'qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo'yicha trener kvalifikaciyasini berish amaliyotini joriy etsin.

16. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:

O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) bilan birgalikda hududlarda ixtisoslashtirilgan tuman (shahar), umumtalim maktablari hamda oliy talim muassasalarini sport yo'nalishlari bo'yicha zarur o'quv adabiyotlar, metodik qo'llanmalar va yo'riqnomalar bilan taminlash bo'yicha tegishli choralarni ko'rsin;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Milliy bank” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin;

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda davlat byudjetidan sport sohasi uchun, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag'lar taqsimlanishi va ishlatilishining to'liq nazoratini amalga oshirish, ular bo'yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining byudjetdan tashqari mablag'lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini taminlashga alohida etibor qaratilsin.

17. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

18. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.A.Abduhakimov – mazkur Farmon ijrosini sifatli, to'liq va o'z vaqtida taminlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsinhar oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to'g'risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etsin;

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.H.Nabiev – Koncepciyaning maqsadliko'rsatkichlariga erishish, Koncepciya va “Yo'l xaritasi”ni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko'rilishini taminlasin, jismoniy tarbiya va sportni aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ommalashtirish borasida sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) bilan yaqindan hamkorlik qilsin, sohada tasirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etsin, mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirishda masul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatsin hamda uning ijrosi bo'yicha har oyda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;

O'zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I.Zokirov –innovacion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan engil konstrukciya va materiallardan sport zallari (boks, kurash, fitnes, gimnastika), futbol, voleybol, basketbol, badminton va tennis maydonlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilishini hamda ushbu sohada mavjud qurilish norma va standartlari qayta ko'rib chiqilishini taminlasin, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatsin;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari – hududlarni ustuvor, istiqboldagi hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish bo'yicha ishlarni samarali tashkil qilsin, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq hududiy sport musobaqalarini to'liq hajmda moliyalashtirishhamdayuqori saviyada o'tkazish bo'yicha zarur choralarni ko'rsinlar;

masul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – Koncepciya va “Yo'l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o'z vaqtida, sifatli va to'liq bajarish, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ishchilar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar;

O'zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K.Ko'chimov, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D.Xadjaev hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi direktori v.b. K.I.Allamjonov – mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferenciyalar, tematik teleko'rsatuvlar tashkil etsinlar.

O'zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                               SH.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2020 yil 24 yanvar

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing