05 dek 20:41
Yangiliklar
Boshqalar

SHavkat Mirziyoev O'zbekistonda totalizatorlarga ruxsat berish haqidagi farmonni imzoladi
O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmonni imzoladi.
Bu haqda «O'zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida malum qilindi.Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko'plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari (totalizatorlar) haqida ham so'z boradi.
Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan licenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O'zbekiston futbol associaciyasi yuridik bo'limi boshlig'i Dilshod Norqobilovning aytishicha, totalizatorlarga 2021 yil 1 yanvardan ruxsat beriladi.
Avvalroq ushbu farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilingan edi.
Havola :
Manba : daryo.uz
Fikrlar
Totalizator Xalqni yana buqqa botirishni samarali usuli..