So’nggi yangiliklar

10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0

07 iyu 18:26
Yangiliklar

Suv sporti turlari

SHavkat Mirziyoev Toshkentda yangi qurilgan suv sporti saroyiga bordi. Prezident u erda licenziant sportchilar bilan suhbatlashdi

Prezident SHavkat Mirziyoev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko'zdan kechirdi.

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. Etiborlisi, bu erda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan.

50 metrli basseyn va 500 o'rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoamizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun zamonaviy sharoitlar bor. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda bolalar suv sportini o'rganadi. 

Majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning o'zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko'rsatish quvvatiga ega.

Ikkinchi qavatda mamuriyat va murabbiylar xonasi, konferenciya zali, trenajyor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan. 

Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari bu erda yosh sportchilarning mashg'ulotlarini kuzatdi. Ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlab, ulkan yutuqlarga ruhlantirdi.

Bu yil Parij shahrida o'tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi tizimidan 13 nafar sportchi licenziya qo'lga kiritgan. Prezidentimiz mazkur sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlashdi.

- SHaharu qishloqlarda sport majmualari qurib, uni ommalashtirishga katta etibor beryapmiz. CHunki sport bilan shug'ullangan yoshlar kam bo'lmaydi, sog'lom bo'ladi, bolalariniyam shunday tarbiyalaydi. Sizdek professional sportchilar bu yo'lda yoshlarga ham iftixor, ham o'rnak bo'ladi, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing