24 dek 16:10
Yangiliklar
Futbol
SHevchenko "Jenoa"ga "Barselona" yarim himoyachisini olib kelmoqchi
"Beshiktosh"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich Italiya chempionatiga qaytadi.
31 yoshli bosniyalik futbolchiga ukrainalik Andrey SHevchenko boshqarayotgan "Jenoa" hamkorlik taklif qiladi. Genuyaliklar xavbekni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.
Miralem A Seriyada "Roma" va "Yuventus" klublari sharafini himoya qilgan.
Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum Turkiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar