11 sen 07:03
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Qirg'izistonda turnir o'tkazishga qiziqyaptimi?
Tashkilotning qirg'izistonlik sobiq chempioni Valentina SHevchenko o'z mamlakati hududida o'tkazilishi mumkin bo'lgan UFC turniri haqida gapirdi.
"UFC turniri Qirg'izistonda o'tkazilishini juda xohlardim. Buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Tashkilot ham g'oyamni qo'llab-quvvatladi, qiziqish bildirdi. Umid qilamanki, tomonlar kelishuvga erishadi va biz Qirg'izistonda UFC turnirini o'tkazamiz", dedi SHevchenko.
Avvalroq, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov AQSHda UFC rahbari Dana Uayt bilan uchrashgan edi. Buning fonida mamlakatimiz hududida ham turnir tashkil etilishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Reja bo'yicha 2027 yilning fevral yoki mart oyida Toshkentda UFC turniri o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar