24 jan 15:25
Yangiliklar
Futbol
SHevchenko Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga rozi
Ukrainalik mutaxassis Andrey SHevchenko Polsha terma jamoasini boshqarishga rozilik bildirdi.
SHevchenko va Polsha futbol ittifoqi o'rtasidagi shartnoma shartlari kelishilgan. 45 yoshli mutaxassis yiliga 2,5 mln evro maosh oladi. Mablag'ning bir qismini Polsha futbol ittifoqi, qolganini homiylar to'lashadi.
SHevchenko "Jenoa" bilan shartnomani bekor qilishning ayrim muammolari hal qilingandan so'ng rasman Polsha terma jamoasini qabul qilib oladi. SHeva oldinroq Ukraina termasini boshqargan va jamoani Evropa chempionati 1/4 finaligacha olib chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar