07 apr 09:08
Yangiliklar
SHifokorlar associaciyasi COVID-19 davrida MMA turnirlarini o'tkazmaslikka chaqirdi
Associaciya bergan rasmiy bayonotda barcha belgilangan turnirlarni qancha odam yig'ilishidan qatiy nazar qatiyan bekor qilish so'ralgan. Ushbu maktab barcha aralash qoidalar promoushenlariga yuborilgan.
Bayonotning keskin va qatiy tarzda berilishiga UFC tomonidan UFC 249 turnirining rasman o'tkazilishi haqidagi xabar sabab bo'lgan. UFC prezidenti Dana Uayt kechaning markaziy jangida Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqishini elon qilgandi.
"Koronavirus sabab dunyodagi barcha sport musobaqalari nufuzidan qatiy nazar bekor qilindi. Har qanday jangovor yakkakurash turi bu - infekciya tashuvchi hisoblanadi va kasallikning yuqishiga, keng ommaga tarqalishiga sabab bo'ladi. Aralash qoidalarni tashkil etayotganlar ham qolgan sport turi vakillari kabi umumiy qoidalarga bo'ysunishlari shart!", - deyiladi bayonotda.
Fikrlar