So’nggi yangiliklar

12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0 09:02ЖЧ-2026. Кореяни мағлуб этган Мексика плей-офф масаласини ҳал қилди 0 08:3647 ёшли Луис Ортис икки ҳафтада икки рақибини муддатидан аввал мағлуб этди 0 08:01Илия Топурия ва Жастин Гэтжи олти ойга четлатилди 0 20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0

21 okt 12:37
Yangiliklar

Boks/MMA

SHlemenko natijani qayta ko'rib chiqish bo'yicha apellyaciya berdi

Teglar :  BoksSHlemenkoMusasi
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Ankasvill shahrida aralash qoidalar bo'yicha Bellator 185 shou oqshomi bo'lib o'tgandi.

Kechaning markaziy jangida rossiyalik Aleksandr SHlemenko asli kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan, lekin Gollandiya bayrog'i ostida oktagonga chiqayotgan Gegard Musasiga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.

Hakamlarning qarori nafaqat SHlemenko va uning jamoasi, balki muxlislarga ham maqul kelmagandi. Zal to'la muxlislar Musasining g'olib chiqqanligini xushtakbozlik bilan kutib olishdi. Aleksandrning o'zi qaror yuzasidan “protest” berdi.


– Men hakamlarning qarorlariga umuman qo'shilmayman. Ha, tan olaman, men birinchi raundni boy berdim. Lekin ikkinchi va uchinchi raundlarni raqibdan yaqqol ustunlikka erishdim. Hakamlar meni o'z qarorlari bilan “ko'mib” qo'yishdi. Biz qaror yuzasidan apellyaciya beramiz. Ammo katta ehtimol bilan ular o'z qarorlarini o'zgartirishmasa kerak, – dedi SHlemenko.

Etiborlisi, har ikki sportchi ham jangdan so'ng to'g'ri kasalxonaga ravona bo'lgan. SHlemenko jang davomida qo'lini sindirib olgandi. Musasi esa o'tkazib yuborilgan zarbalardan so'ng shifokor ko'rigiga muhtoj bo'lib qolgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing