10 okt 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev endi Nyu-Yorkda jang qiladi, to'qnashuv sanasi ham malum
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmayotgan sportchimiz SHohjahon Ergashevning rejalari biroz o'zgardi.
Avvalroq, uning Detroitga borib, faoliyatini davom ettirishi haqida xabar qilingandi.
Bokschining saytimizga malum qilishicha, u 11 oktyabr kuni AQSHga jo'nab ketadi. Biroq, Detroitga emas, Nyu-Yorkka. U navbatdagi jangiga o'sha erda tayyorgarlik ko'radi.
AQSHdagi ilk jang 11 noyabr kuni Nyu-Yorkda o'tkaziladi. O'sha kungi to'qnashuvga sportchimizga katta ehtimol bilan meksikalik bokschi raqiblik qiladi. Tez kunlarda raqib nomi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar