02 noy 07:22
Yangiliklar
Futbol

SHomurodovning "Jenoa"si safar o'yinida bir ochko oldi
Italiya chemonatida 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Jumladan, "Jenoa" klubi "Sampdoriya" maydonida mehmon bo'ldi va durangga imzo chekdi. Uchrashuvda hisob mezbonlar vakili Yakub Yankto tomonidan ochildi. Oradan 5 daqiqa o'tib "Jenoa" hujumchisi Janluka Skamakka muvozanatni tikladi. Uchrashuv oxiriga qadar hisob boshqa o'zgarmadi. → TURNIR JADVALI
Malumot uchun, hamyurtimiz Eldor SHomurodov mazkur o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yubordi.
Havola :
Fikrlar