14 mar 18:18
Yangiliklar
Tennis
SHtutgartdagi WTA turniri koronavirus sabab bekor qilindi
Koronavirus sabab bekor qilinayotgan musobaqalar soni kundan-kunga ortib boryapti.
Bu safar Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan WTA turniri ayni shu sabab bilan bekor qilindi deb xabar bermoqda Bild. Musobaqa 20 aprel kuni start olishi kerak edi.
SHtutgart shahri meriyasi koronavirus sabab ommaviy tadbirlar, xususan sport musobaqalarini ham bekor qilmoqda. Avvalroq WTA hamda turnir titul homiysi Porsche musobaqani muxlislarsiz o'tkazishga kelishib olishgandi.
SHu tariqa, yaqin olti hafta ichida WTA-Turda bekor qilinmagan faqat bitta turnir qoldi. U ham bo'lsa, 20 aprel kuni boshlanishi rejalashtirilgan Istanbul turniridir.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar