06 iyu 09:44
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep Azarenkoga 4 ta geym berdi
Sayyoramizning ettinchi raqamli tennis malikasi Uimbldon turnirining to'rtinchi davrasiga yo'l oldi.
Ruminiyalik tennischi uchinchi bosqich uchrashuvida WTA reytingida roppa-rosa 40-pog'onadan joy olgan belaruslik Viktoriya Azarenkoga qarshi kortga chiqdi. Xalep 66 daqiqa davom etgan bahsda raqibasidan 6/3, 6/1 hisobida ustun keldi.
Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob tenglashdi - 2:2. Endi 27 yoshli Simona Wimbledon turnirining to'rtinchi davrasida sloveniyalik Polona Xercogdan ustun kelgan amerikalik 15 yoshli Kori Goffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar