17 avg 13:17
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep Pragani zabt etdi YORQIN FOTOGALEREYA
CHexiya poytaxti Praga shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakunlandi.
Prague Open turnirining bosh sovrini ruminiyalik tennis malikasi Simona Xalepga nasib etdi. Sayyoramizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 23-pog'onasidan joy olgan belgiyalik raqibasi Elize Mertensdan ustun keldi - 6/2, 7/5.
Final uchrashuvi 91 daqiqa davom etgan. O'zaro uchrashuvlarda Simona endi 4:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Praga turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Xalepga 25,000 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Simonaning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi 21-sovrin edi. Mertens esa 14,000 dollar hamda 180 ochkoga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar