02 jan 13:55
Yangiliklar
Tennis
Slovakiyalik tennischi 12 yilga chetlatildi
Slovakiyalik tennischi Dagmara Baskova kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani uchun 12 yillik diskvalifikaciya oldi.
Surishtiruv olib borgan Tennis Integrity Unit kompaniyasi tennischining 2017 yilgi mavsumda 5 ta kelishilgan o'yinda ishtirok etganini isbotladi. Dagmaraning o'zi ham aybini tan oldi.
Bundan tashqari, Baskova 40 ming AQSH dollari miqdorida jarima ham to'laydi va professional tennis bilan bog'liq barcha faoliyatdan mahrum bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar