15 iyu 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq chempion Lomachenko bilan revansh istamoqda
Venesuelalik bokschi Xorxe Linares Vasiliy Lomachenko bilan jang haqida esladi.
"Lomachenkoning uslubi qiyin. To'g'ri, u og'ir zarbaga ega bo'lmasada, unga qarshi jang qilish doimo qiyin. U tezkor va aqlli. Bir qarasang Lomachenko bu erda paydo bo'ladi, soniya ichida boshqa joyda.
Bilaman, mening o'ng qo'ldagi kuchli zarbam unga yoqmagan. SHunday bo'lsada, u nokdaundan so'ng o'rnidan tura olgan. Lomachenko - ajoyib sportchi. Men unga qarshi revansh jangini istayman. Ushbu jang qachondir bo'ladi", - dedi Linares.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Linares o'rtasidagi jang 2018 yilning may oyida o'tkazilgan va unda ukrainalik bokschi texnik nokaut evaziga g'alaba qozonib, raqibidan WBA kamarini olib qo'ygandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar