02 iyu 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq ikki vazn chempioni UFCning eng "zo'rlari"ni aytdi, ro'yxatda Konor va Xabib yo'q!
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per promoushendagi kimlarning janglarini alohida yondashuv bilan tomosha qilishini aytdi.
"Hamma janglarni ham tomosha qilavermayman. Lekin UFCda men beetibor bo'lmagan jangchilar yo'q emas. Genri Sexudoning muxlisiman. Dominik Krus, Israel Adesanya, Jon Jons, Frensis Ngannu va Daniel Kormening janglarini o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman.
SHuningdek, yarim o'rta vazn jangchilari Usman, Kovingtonning ishtiroki ham men uchun qiziq. Menga dramatik janglar yoqadi", — deya kanadalik sobiq jahon chempionining so'zlarini keltirmoqda South China Morning Post.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Sen-Per 2019 yilning fevral oyida faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Uning hisobida 26 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Sen-Per yaxshi taklif bo'lsa, oktagonga qaytishini ham aytgan edi.
Havola :
Fikrlar