19 okt 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21084_220.jpg)
Sobiq jahon chempioni o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lganini tan oldi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBO yo'nalishi chempioni SHennon Briggs o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lganligini tan oldi.
“SHifokor menga tushkun holat bilan kurashishga yordam beradigan preparat yozib berdi. O'sha paytda o'zimni xuddi 80 yoshli kampirdek xis qilardim. Tushkunlikning eng tubiga tushib qolgandim.
Vaziyat shu darajaga borib etgandiki, men xatto o'z jonimga qasd qilishga harakat qilgandim. Narkotika berildim, marixuana cheka boshladim”, – deya Briggsning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Germaniyaning Bild nashri.
Malumot uchun, shu yilning iyun oyida SHennon WBA
yo'nalishida vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun ringga chiqishi kerak edi. Lekin
uning qon tarkibida taqiqlangan testosteron moddasi topilgani uchun jang bekor
qilingandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar