15 iyu 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Makgregorga "vyzov" tashladi
Sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos uchinchi marotaba faoliyatini yakunlaganini elon qilgan Konor Makgregorni oktagonga chorladi.
"Agar", "mabodo" degan jumlalarni yig'ishtirginda, taklifga rozilik ber. Biz bu jangni muxlislarga taqdim etamiz", - deya Tvitter sahifasida chorlov tariqasidagi xabar qoldirgan dos Anos.
Aslida Rafael dos Anos va Konor Makgregor o'rtasidagi jang 2016 yili UFC 196 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin o'shanda dos Anosning kutilmaganda jarohat olishi jangning bekor bo'lishiga zamin yaratgandi. Rafaelning o'rnini egallagan Neyt Diaz esa Makgregorni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
29 yutuq 15 mag'lubiyat...