01 may 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Nurmagomedovni mag'lub etishning yagona yo'lini aytdi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Lyuk Rokxold engil vazn qiroli Xabib Nurmagomedovni mag'lub etish yo'lini aytdi.
Uning so'zlariga qaraganda, dog'istonlik chempionni mahv etish uchun qandaydir "yovvoyi" usulni qo'llash kerak ekan.
"Xabibni faqat tezkor harakat evaziga va imkon qadar tezroq mag'lub etish kerak. Jang qancha uzoq cho'zilsa, bu Nurmagomedov foydasiga xizmat qiladi. U raqibni ushlab, bo'g'ib oldimi, bo'ldi, chiqib ketish juda mushkul. Xatto Toni Fergyuson ham Xabibning "zaxvat"idan chiqib keta olmaydi. Men bunga kafolat beraman. SHu sababdan ham rossiyalikni engish uchun qandaydir "yovvoyi" usullarni qo'llash kerak", - deydi Rokxold.
Havola :
Fikrlar