13 iyu 11:38
Yangiliklar

Sobiq UFC chempioni oktagonga chiqadi, raqib va jang sanasi malum
Uning UFC 252 turniri doirasidagi raqibi Jairzino Rozenstrayk bo'ladi, deb xabar bermoqda MMA Fighting.
Junior dos Santos uchun bu jang 2020 yil hisobidan ikkinchisi bo'ladi. Yanvar oyida u Kyortis Bleydsga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Braziliyalik sportchi oxirgi ikkita jangida yutqazgan. Bleydsdan avval Frensis Ngannu ham sobiq jahon chempionini nokautga uchratgan edi.
Surinamlik 32 yoshli Rozenstrayk ham joriy 2020 yil hisobidan jang o'tkazishga muvaffaq bo'lgan. O'tgan oyda u ham aynan Ngannuga muddatidan avval yutqazib qo'ygan edi. Jairzino uchun bu faoliyatidagi birinchi mag'lubiyat edi.
Eslatib o'tamiz, UFC 252 turnirining markaziy jangi og'ir vazn qirollari - chempion Stipe Miochich hamda Daniel Korme o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar