14 avg 16:35
Yangiliklar
Sobiq UFC chempioni: "Tashkilot milliardlab dollarga ega, ammo..."
O'rta vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni Lyuk Rokxold promoushenning har bir turnirdan keyin beriladigan bonus miqdori kamligidan norozi ekanligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, har bir turnirdan so'ng oqshomning eng yaxshi jangi va eng yaxshi ko'rsatkich qayt etganlar uchun 50 000 dollar miqdorida pul mukofotlari beriladi.
"Yigirma yil davomida 50 000 dollar miqdoridagi bonuslar to'lanadi! Nima bo'lyapti o'zi? Kompaniya milliardlab dollarga ega va biz hali ham 50 000 dollarlik bonus cheklari olayapmiz. Odamlar ko'zini ochishi kerak. Biz kompaniya bilan birga o'sishimiz kerak. Sog'lom biznes shunday ishlaydi", — deya Rokxoldning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
SHu sabab UFC bazi jangchilar tomonidan bir necha bor tanqid qilingan. Boshqa jangchilar esa hammasi joyida va to'lovlar borasida muammo yo'q deb hisoblashadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar