05 iyu 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
"Sobiq va bo'lajak jahon chempioniman"
O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kodi Garbrandt Rafael Assunsaoga qarshi bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi.
“Har bir jangni muhim deb hisoblayman. Sababi har bir jangdagi g'alaba seni reytingning tepa qismiga olib chiqadi. Maqsadim - tezroq tepaga chiqib, chempionlik jangida ishtirok etish va yana jahon chempioni bo'lish.
Men sobiq va bo'lajak jahon chempioniman! Assunsao ustidan ishonchli g'alaba qozonishim shart. U reytingning beshinchi o'rnida ketmoqda. Uni mag'lub etib, o'zimi hali ham engil vaznning eng kuchlilaridan biri ekanligimni isbotlashim kerak”, - dedi Kodi.
Eslatib o'tamiz, Kodi — Assunsao jangi 6 iyun kuni UFC 250 turnirida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar