24 okt 14:56
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko 0:6, 0:4 hisoblaridagi mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi
CHexiyaning Ostrav shahrida nufuzli WTA musobaqasi davom etmoqda.
Sayyoramizning 12-raqamli tennischisi Arina Sobolenko chorak finalda Ispaniya vakilasi Sara Sorribes-Tormoga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Arina 0:6, 6:4, 6:0 hisoblarida g'alaba qozondi.
Qizig'i, Arina raqibasiga 0:6, 0:4 hisoblarida imkoniyatni boy berayotgan edi. Endi u final yo'llanmasi uchun amerikalik Jennifer Brediga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar