09 fev 11:37
Yangiliklar
Tennis

Sofia Open. Medvedev yarim finalga chiqdi
Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning chorak finalida rossiyalik Daniil Medvedev muvaffaqiyatga erishdi. Dunyoning 16-raketkasi bo'lib turgan Medvedev reytingning 39-pog'onasidan joy olib turgan slovakiyalik Martin Klijandan ustun keldi.
Bir soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Daniil 6/4, 6/1 hisobida zafar quchdi. Endi 22 yoshli rossiyalik tennischi Sofia Open turnirining yarim finalida franciyalik Gael Monfisga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar