02 sen 11:41
Yangiliklar
Tennis
Sofiya US Open ikkinchi davrasiga yo'l oldi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda AQSHning Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri bo'lib o'tmoqda.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda sayyoramizning to'rtinchi raketkasi Sofiya Kenin ilk davrada deyarli qiyinchilikka duch kelmadi. Amerikalik tennis malikasi 67 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingning 146-pog'onasidan joy olgan belgiyalik Yanina Vikmayerdan ustun keldi - 6/2, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Endi 21 yoshli Sofiya ikkinchi davrada rossiyalik Vera Zvonaryovdan ustun kelgan kanadalik Leyla Fernandesga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar