So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

01 avg 08:17
Yangiliklar

Boshqalar

Sport federaciyalari bo'yicha muhim Qaror loyihasi tayyorlanadi

Teglar :  QarorFederaciyalar
Sport turlari bo'yicha federaciya (uyushma)lar va sportni rivojlantirish​ bo'yicha qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo'yicha federaciya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga masul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish to'g'risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi ochiq portalida muhokamaga qo'yildi. Quyida qaror loyihasining to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin:

Sport turlari bo'yicha federaciya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga masul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017 – 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi PF–5953-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 

1. Sportni rivojlantirishga masul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to'g'risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki:

sportni rivojlantirishga masul tashkilotlar va sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) terma jamoalar sportchilarini tayyorlashda va ularning tibbiy taminotiga  yo'naltirilayotgan moliyaviy mablag'lardan oqilona foydalanishni taminlashda, ushbu sohada kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmni shakllantirishda;

sport talimi muassasalari va sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar)ning milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida mavjud moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanishda, turli darajadagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda, tayyorlash va musobaqalarda qatnashishlarini tizimli yo'lga qo'yishda;

sportchilarni sport talimi muassasalariga qabul qilish, milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga, shuningdek, bolalar-o'smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan o'tgan, sportning muayyan turi bilan shug'ullanish uchun zarur sport ko'rsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega bo'lgan istiqbolli sportchilarni saralash (selekciya)da o'zaro hamkorlikni amalga oshiradilar.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari sport turlari bo'yicha federaciyalar (uyushmalar) moddiy-texnika bazasini yaxshilash, hududiy terma jamoalarni tayyorlash, mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish, sportchilarni saralash (selekciya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.Abduhakimov va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev zimmasiga yuklansin. 

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri

Abdulla Aripov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing