03 sen 07:53
Yangiliklar
Sport muassasalarida koronavirusning oldini olish bo'yicha seminar tashkil etiladi
Afsuski, ushbu xavfli kasallik hamon oramizda, yon atrofimizda bizga taxdid qilishni davom ettirmoqda.
Yurtimizda karantin cheklovlari asta-sekin yumshatilishi kasallik batamom yo'q bo'ldi, deb beparvolikka berilishimizga sabab bo'lmasligi lozim. Ayniqsa, ish va mehnat jarayonida gigienik talablarga to'liq rioya qilgan holda faoliyat yuritish shart.
Bugun soat 15:00 da O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasida “Sport muassasalarida koronavirus infekciyasini oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida onlayn videoseminar tashkil etiladi. Unda associaciya rahbariyati, xodimlari va shifokorlar ishtirok etishadi.
Videoseminardan ko'zlangan asosiy maqsad sportchilarning salomatliklarini muhofaza qilish va shu bilan birgalikda ularda karantin talablari bo'yicha ko'nikmalarni yanada rivojlantirishdan iborat.
Fikrlar