So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

24 iyu 18:39
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchilar Prezident SHavkat Mirziyoevga tabrik yo'lladi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tavallud kuni. SHu munosabat bilan bir guruh sportchilarimiz davlatimiz rahbarini bugungi ayyom bilan samimiy muborakbod etishdi.

Hurmatli SHavkat Miromonovich!

Avvalo Sizni bugungi qutlug' sana munosabati bilan mamlakatimiz sport jamoatchiligi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Sir emaski, Sizning rahbarligingiz ostida jonajon O'zbekistonimiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'tarildi va bunga barchamiz guvoh bo'lib turibmiz.

Jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini topishga intilayotgan respublikamizda iqtisodiy-ijtimoiy sohalar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sportga ham alohida etibor qaratilmoqdaki, bundan barchamiz behad mamnunmiz.

Pandemiya sharoitida, qolaversa mamlakatimiz uchun sinovli kelgan joriy yilda ham Sizning rahnamoligingiz ostida biz sportchilarga barcha sharoitlar bekamu-ko'st yaratib berilmoqda. Buning uchun Sizga o'z minnatdorligimizni bildiramiz va jahon arenalarida mustaqil O'zbekiston bayrog'ini yanada yuqori ko'tarishga astoydil harakat qilamiz. Zotan, har bir davlatni kuch va qudratini belgilovchi asosiy omil – bu jismonan sog'lom va har tomonlama rivojlangan avloddir, deb bejiz aytmagansiz va biz sporchilar ana shu ishonch va mehr-muhabbatingizga o'z g'alabalarimiz bilan javob qaytaramiz.

Yana bir bora tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

O'zbekiston Respublikasi sportchilari nomidan

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing