09 jan 11:32
Yangiliklar
Sportchimiz Olimpiya o'yinlarida qachondan musobaqaga kirishadi?
Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun O'zbekiston delegaciyasi SHveycariyaga etib borishdi. Musobaqada yurtimiz sharafini yagona sportchimiz Valeriya Kovalyova qishki sport turilarining tog' chang'isi gigant va slalom yo'nalishlarida g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Iqtidorli sportchimiz musobaqadagi ishtirokini 12 yanvardan boshlaydi. Aynan shu kuni Olimpiya o'yinlarida tog' chang'isining gigant yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. 14 yanvar kuni esa, sportchimiz tog' chang'isining slalom yo'nalishida bahslarga kirishishadi.
Malumot uchun, qishki sport turlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Olimpiya o'yinlariga bugundan rasman start beriladi. SHuningdek, SHveycariya vaqti bilan soat 20:00da musobaqaning tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tadi.
Avval xabar berganimizdek, ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirlining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov ham ishtirok etadi.
Fikrlar