16 fev 19:23
Yangiliklar
Sportga oid tarixiy qaror qabul qilinishidan oldin jamoatchilik fikri o'rganildi
Bugun poytaxtimizdagi O'zbekiston milliy akademik drama teatrida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sport federaciya va associaciyalar, Olimpiya zaxiralari sport kollejlari, Iqtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari tizimlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o'rtasida uchrashuv, o'ziga hos ochiq muloqot tashkil qilindi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, Davlat maslahatchisining o'rinbosari Bekzod Mavlyanov, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va mamlakat futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar ishtirok etishdi.
SH.Isroilov yig'ilishni ochib berar ekan, ushbu uchrashuvni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ayni paytda mamlakatimizda sport sohasining eng quyi bo'g'inlarida yuzaga kelgan muammolar va ularning echimini aniqlash orqali yaqin kunlarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolanishi kutilayotgan sport sohasini rivojlantirishga doir yangi qarorning mukammal ko'rinish hosil qilishiga zamin yaratishdan iborat ekanligini takidlab o'tdi.
SHaxsan Prezidentimiz topshiriqlariga binoan tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari o'z takliflari bilan chiqish qilishdi. Mavjud muammolar va ularning echimi xaqida so'z bordi. SHuningdek, ayni paytda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanmaslik, buning oqibatida natijalarning pasayib ketishi, selekciya ishlarining to'g'ri yo'nalishda olib borilmasligi, yosh va iqtidorli sportchilarning chetda qolib ketayotganligi eng katta kamchilik ekanligi takidlandi.
Olimpiya zaxiralari kollejlari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari faoliyati islohotlarga muxtoj ekanligi, malakali kadrlar etishmasligi, maktabgacha talim muassasalari hamda o'rta maktablarda jismoniy tarbiya fani va sport to'garaklari talab darajasida o'tilmasligi kabi muammolar ko'tarildi.
SH.Isroilov tomonidan yurtimiz sporti dovrug'ini yuqori ko'tarish, muvaffaqiyatga erishish, chet el tajribasini o'rganish uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi alohida qayd etildi. "Sir emaski, sport bugungi kunda katta siyosat darajasiga chiqib bo'lgan. Agar yangiliklarni, tajribalarni o'zimiz o'rganmasak, birov bizga kelib o'rgatib bermaydi. Buning uchun qo'lga kitob olish, izlanish kerak", - deya kuyunib gapirdi Jismoniy tarbiya va sport vaziri.
Yig'ilishda shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov so'zga chiqib shunday dedi: "Yaqin kunlar ichida muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan imzolanadigan qarorda Siz - soha mutaxassislarning fikri ham inobatga olinishi kerak. Albatta, haqli savol tuzilishi tabiiy. Nima uchun Bosh prokuror sport masalasidagi yig'ilishga keldi? CHunki, yangi qaror ijrosi aynan Bosh prokuratura tomonidan nazorat qilinadi. Buning uchun katta ishchi guruhi tuzilgan. SHu sababli ham, mamlakat rahbarining topshirig'i bilan bu erga keldim. Sport tizimini tubdan isloh qilish, qayta ko'rib chiqish uchun nimalar qilishimiz lozim? Yangi qaror uchun qanday qo'shimchalar kiritsak samaradorlikka erishishimiz mumkin bo'ladi? Marhamat, o'z fikringiz bilan o'rtoqlashing".
O'z navbatida Umid Ahmadjonov ham yig'ilganlardan tortinmay o'z taklifini berishlarini, mazkur tarixiy qarorda yana nimalarga ahamiyat berilishi lozimligini so'radi:
"Bugungi muloqot orqali muammolarni hal qilib, kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Aynan Siz va bizning fikrimiz kutilayotgan qarorda o'z aksini topadi. Sohada muammolar etarli, bugun biz ularni aniqlashimiz, ularni bartaraf etish choralarini ko'rishimiz va yangi qaror samarali ishlashi uchun tegishli bandlarni kiritishimiz zarur. SHuningdek, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag'larni maqsadli sarflanishini nazorat qilishimiz, bu borada tizimni qaytadan ko'rib chiqishimiz zarur” – dedi MOQ Prezidenti.
SHundan so'ng, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari, O'zbekiston sport faxriylari kengashi mutasaddilari, Olimpiya zaxiralari kollejlari, iqtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablari rahbarlari so'zga chiqib, o'z takliflarini bildirishdi. Sport sohasida to'planib qolgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish lozimligi haqida gapirdilar.
Yig'ilish ishtirokchilari talim tizimidagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari bilan uzviy bog'liqlikni yo'lga qo'yish, selekcioner murabbiylar rolini kuchaytirish, sport majmualarini sifatli jihozlar bilan taminlash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida yangi qaror uchun lozim bo'lgan o'z fikr va mulohazalarini malum qilishdi. Yaqin kunlarda elon qilinishi kutilayotgan qarorda ushbu takliflar albatta etiborga olinishi qayd etib o'tildi.
Fikrlar