01 iyu 15:20
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas "Rolan Garros" 1/8 finalida
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Stefanos Cicipas tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Franciya Ochiq chempionatining nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.
Greciyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingida 44-pog'onada borayotgan xitoylik CHjan CHjichjenni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Cicipas 4, CHjan 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Grek qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. CHin yurti vakili to'pni o'yinga kiritishda bir bor xato qildi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Stefanosda bo'ldi - 5 ga 0! Endi Cicipas 1/8 finalda italiyalik Matteo Arnaldiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar