26 may 16:15
Yangiliklar
Tennis
Stirns faoliyatidagi ilk sovrinni Rabatda qo'lga kiritdi
Marokashning Rabat shahrida WTA turniri yakunlandi.
Bosh sovrin WTA reytingida 81-pog'onada borayotgan Peyton Stirnsga nasib etdi. Amerikalik tennischi final bahsida dunyoning 66-raketkasi, misrlik Mayar SHerifga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/2, 6/1.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Amerikalik 22 yoshli tennischi faoliyatidagi ilk sovrinni Rabatda qo'lga kiritdi. Stirns 250 reyting ochkosi hamda 36,250 dollar mukofot puliga ham ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar