14 may 14:51
Yangiliklar
Tennis

Rim WTA 1000. Peyton Styorns Elina Svitolinani taslim etdi
Dunyoning 14-raketkasi Elina Svitolina biroz kutilmaganda nufuzli Rim turnirining 1/4 finalida o'z yurishini to'xtatdi.
Ukrianalik tennis malikasi WTA reytingida 42-pog'onada borayotgan amerikalik Peyton Styornsga 2/6, 6/4, 6/7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda Styorns eys zarbasini amalga oshira olmadi. Svitolinada bu ko'rsatkich 3 tani tashkil qildi. Qo'shxatolar amerikalik tennischida ko'proq bo'ldi - 8 ga 4. Breyklar bo'yicha esa Peyton kichik ustunlikka ega bo'ldi - 8 ga 7. Endi u 1/2 finalda italiyalik Jasmine Paoliniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar