18 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Stivenson Lomachenkoni mag'lub etgan bokschilar qatoriga kirmoqchi
WBO kamari sohibi SHakur Stivenson Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilish istagida.
"Vasiliy bilan ringda to'qnash kelmoqchiman. Men uni mag'lub eta olgan bokschi bo'lishni istayman.
Uning Salidoga uchragan mag'lubiyati haqqoniy emas. O'sha jangni ko'rgandim, Lomachenko u payt tajribasiz edi. O'ylaymanki, men uni haqli ravishda mag'lub eta olgan dastlabki bokschi bo'laman.
U bilan ringda to'qnash kelganman. O'shanda beshta g'alabaga erishgandim. Biz bahslashganimizda meni qay darajada yaxshi ekanligimni ko'rgan. Vasiliy mendan mashg'ulot lageri davomida foydalangan, biz bir necha raund ishlaganmiz", - dedi Stivenson.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar