So’nggi yangiliklar

20:05Хоригучи Асу Алмабаевга қарши жанг олдидан ўз устунликларини санаб ўтди 0 19:30Футболчи ҳакамга тош отгани учун 8 йилга дисквалификация қилинди 0 18:47Асламжон Ортиқовнинг Асадулла Имангазалиевга қарши реванш жанги тўлиқ давом этди 0 18:12Олимпия ўйинларида эркаклар боксига ҳимоя шлемлари қайтарилиши мумкин 0 17:05Илия Топурияга UFC'да вазн тоифасини ўзгартириш таклиф қилинди 0 16:16Баходир Жалолов Деонтей Уайлдерга рақиб сифатида таклиф қилинди 0 15:29Бугун "Нефтчи" Суперлигада чемпион бўлиши мумкин 0 14:45Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан медиа тадбирларда иштирок этди 0 13:26UFC Рамазон Темировни яна допинг текширувидан ўтказди 0 12:39"Ҳисоб 2:2 бўлади". Мераб яна Петр Ян билан жанг қилмоқчи 0 11:12U-17 ЖЧ. Бугун Ўсмирларимиз мусобақадаги юришини бошлайди 0 10:01UFC турнири Қозоғистонда 2027 ёки 2028 йилдаёқ ўтказилиши мумкин 0 08:52UFC 2027 йил март ойида Японияда турнир ўтказиши мумкин: Темировнинг кейинги жанги кунчиқар юртда бўладими? 0 07:11Бугун 9 нафар дзюдочимиз жаҳон чемпионати медаллари учун курашади (Жуфтликлар) 0 19:25“Арсенал” 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқда 0

26 avg 11:27
Yangiliklar

Boks/MMA

Stol tennisi bo'yicha "Mustaqillik kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Stol tennisi
Mustaqilligimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan stol tennisi bo'yicha kattalar o'rtasida "Mustaqillik kubogi" onlayn musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur onlayn musobaqa o'tkazilishidan asosiy maqsad aholi o'rtasida Olimpiya o'yinlari turkumiga kiruvchi sport turlarini yanada ommalashtirish, pandemiya davrida sport va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun imkoniyat yaratish, terma jamoaga yangi istedodli stol tennischilarni saralashdan iborat.

Kecha, 24 avgust kuni “ZOOM” platformasi orqali tashkil etilgan onlayn musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tgan edi. Marosimni O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova kirish so'zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga musobaqa davomida omad yor bo'lishi hamda eng ulug', eng aziz bayramimip – Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan sport ixlosmandlarini tabrikladi.

Davlatimiz madhiyasi yangragandan so'ng, stol tennischilar bahslarga kirishdi. Ikki kun davom etgan bahslarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan stol tennisi ustalari bahslashishdi.

Musobaqaning birinchi kuni qizlar bahsi bilan boshlandi. Mazkur bellashuvlarda birinchi o'rinni Toshkent shahar vakilasi Gufranova Rimma egallagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Andijon viloyatidan Saida Olimjonova egalladi. Kuchli uchlikni esa Toshkent viloyati vakilasi Kamila Xoliqova yakunlab berdi.

Bugun esa onlayn musobaqani erkaklar davom ettirishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda Andijon viloyati terma jamoasi azosi Qutbidillo Teshaboev bosh sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rin farg'onalik SHahzod Toshtemirovga nasib etdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi azosi Doniyor Toramuratov esa uchinchi o'ringa munosib deb topildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing