So’nggi yangiliklar

22:05Аичи-Нагоя. Замонавий бешкурашчиларимиз Осиё ўйинларидаги иштирокини бошлашди 0 21:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Олтита терма жамоамиз ҳам мусобақани ғалаба билан бошлади 0 19:02Макгрегор Холлоуэйга қарши жангдаги мағлубиятдан норози 0 18:24"Насаф"нинг Осиё Чемпионлар Лигаси 2 мусобақаси 1-туридаги рақиби ҳақида 0 17:45Акбар Абдуллаев ва яна 3 нафар спортчи DWCS турниридан кейин UFC билан шартнома имзолади 0 17:12Сув полочи қизларимизнинг Осиё ўйинларида қатнашадиган таркиби эълон қилинди 0 16:30Царукян тасдиқлади: UFC юлдузи Руффига қарши жангда унинг бурчагида бўлади 0 15:46Ямаль ўзини Месси, Роналду ва Марадона билан солиштирди 0 15:02Аичи-Нагоя-2026: спорт гимнастикаси бўйича эркаклар жамоамиз таркиби эълон қилинди 0 14:26Дана Уайт UFC 331 турнири учун янги бонусни эълон қилди 0 14:07"Агар унга ютқазсам, ҳаммаси нарсамни йўқотаман" - Арман Царукян 0 13:41Расман! Лазизхон Ўзбековга Холмурод Нурматовдан реванш олиш имкони берилди (ПОСТЕР) 0 13:15"Насаф" бугун ОЧЛ 2 мусобақасида ўз юришини бошлайди 0 12:442,5 млн доллар! Ҳатто ютқазган шахматчи ҳам миллионерга айланади 0 12:13Майкл Пейж: "Доғистонликлар зерикарли жанг кўрсатишади, лекин UFC`да қолишмоқда" 0

20 apr 19:50
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi federaciyasi xodimlari masofaviy mehnat faoliyatini davom ettirishyapti

Teglar :  Stol tennisi
O'zbekiston stol tennisi federaciyasi xodimlari yurtimizda joriy etilgan barcha karantin chora-tadbirlariga to'liq rioya qilishyapti.

Barchamizdan uyda qolish so'ralmoqda. Zero, faqat shu yo'l orqaligina tezroq koronavirus balosidan qutulish mumkin.

Xususan, O'zbekiston stol tennisi federaciyasida ham ish to'xtab qolgani yo'q. Bugungi axborot texnologiyalari yashin tezligida taraqqiy etib borayotgan zamonamizda federaciya rahbariyati, xodimlar, murabbiylar faoliyati masofadan turib davom ettirilyapti.

“Telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus kanal ochilgan bo'lib, u erda doimiy axborot, malumot almashish yo'lga qo'yilgan. Murabbiylar sportchilarimizning karantin davridagi holati, ularning sog'liqlari haqida kunlik malumotlarga ega bo'lib borishyapti. Har bir kurashchi kuniga ikki mahaldan tana harorati haqidagi malumotni telegram kanaliga tashlaydi. Kunlik mashg'ulotlardan tashqari, karantin davrida bo'sh vaqt ko'p bo'lishini inobatga olgan holda federaciya tomonidan o'ziga xos chellenjlar yo'lga qo'yilgan. Bu jarayon ham o'z o'rnida bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish uchun xizmat qilyapti. SHaxsan o'zimga kelsak, uyda farzandim bilan birga mashg'ulot o'tkazyapman, birga o'ynayapmiz. Onlayn darslarni tayyorlayapmiz. Bu sinovli kunlar tezroq o'tib ketishidan umidvormiz.“, — dedi federaciya raisi Saida Mahmudova.

Jumladan, federaciya bosh kotibi Akmaljon Xamraev ham masofadan ishlayapti.

“Masofaviy ish faoliyatimizdan tashqari farzandlar bilan dars tayyorlayapmiz. Badiiy kitoblar mutolaa qilyapmiz. Karantin holatida ham bekor o'tirish yo'q. Doimiy harakatdamiz. Engil jismoniy mashg'ulotlarga ham vaqt qolyapti“, — deydi bosh kotibimiz.

SHuningdek, federaciyaning xalqaro bo'lim etakchi mutaxassis Usanov Javlon doimiy ravishda Xalqaro stol tennisi federaciya (ITTF)ga azo qolgan federaciyalar bilan muloqotda bo'lib turibdi.
“Xalqaro stol tennisi federaciyasi azo barcha mamlakat federaciya va associaciyalarga so'nggi yangiliklarni jo'natib turibdi. Biz tashkilot bilan doimiy muloqotdamiz. O'z o'rnida tegishli yangiliklarni murabbiylarimizga etkazyapmiz“, — Javlon Usanov.
Bir so'z bilan aytganda, karantin holatida ham ish qizg'in suratda davom etmoqda.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing