26 noy 16:05
Yangiliklar
Super darajadagi futbolchilar bilan ishlash qiyinmi? Xabi Alonso javob berdi
– Super darajadagi futbolchilar bilan ishlash qiyinmi?
– Ular talabchan, ular professionallar. Ular turli vaziyatlarga tushib turadi, lekin aynan shu ularni o'z darajasiga etkazadi. Ular bilan aloqa o'rnatish kerak.
– "Real" ko'proq futbolchilar klubi, murabbiylarniki emas" degan fikr bor. Nima deysiz?
– Menimcha, har qanday jamoada futbolchilar eng muhim. Hammasi futbolchilar mahorati, ishga munosabati va qay darajada tayyorgarligiga bog'liq... Biz ularni qo'llab-quvvatlaymiz va yonida bo'lishimiz kerak.
– Futbolchilar murabbiyning obro'sini tushirib yubora oladi deb o'ylaysizmi?
– Futbolchilarni hurmat qilish kerak. Men bu haqda ko'p gapirmayman. Men kiyinish xonasidagi hayot nimadan iborat ekanini, nima bilan yuzma-yuz kelishni va tashqi bosim bilan qanday kurashishni bilaman. Bunday vaziyatlar diqqatni yo'qotishimizga sabab bo'lmasligi kerak.
Natijalar kutganimizdek emas, oqibatlarini bilamiz, lekin bu bizni intilayotgan yo'limizdan chetlatmasligi kerak, – dedi "Real" murabbiyi.
Fikrlar