12 jan 07:40
Yangiliklar
Futbol
Superkubok finalining eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?
Tunda "Barselona" va "Real" o'rtasida Ispaniya Superkubogi finali bo'lib o'tdi.
O'yin kataloniyaliklarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Barselona" hujumchisi Rafinya finalning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Braziliyalik futbolchi ikkita gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
SHu tariqa, "Barselona" Ispaniya Superkubogini rekord darajada - 16-marotaba qo'lga kiritdi. Kubokni 13 marta yutgan "Real" Superkubok finalida 7-marta mag'lub bo'ldi.

Havola :
Fikrlar