09 jan 16:58
Yangiliklar
Futbol
Superliganing 2025 yildagi eng yaxshi murabbiyi Qozog'istonda ishlaydi
Bu haqda asnews.kz xabar berdi.
Tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko Pavlodarning "Irtish" klubiga maslahatchi etib tayinlanadi.
53 yoshli mutaxassis Pavlodarda asosiy jamoa faoliyati hamda akademiyani rivojlantirish uchun javobgar bo'ladi. SHuningdek, u Pavlodar viloyati hokimiga hududda futbolni rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchi sifatida ham ish olib boradi.
Avvalroq belaruslik mutaxassis Aleksandr Sednev "Irtish"ning yangi bosh murabbiyi Samat Smakovga yordamchi sifatida ko'rib chiqilgandi, ammo u "Dinamo" Brest klubida qoladigan bo'ldi.
Qayd etilishicha, "Neftchi" sobiq bosh murabbiyi Levchenko yakuniy qarorini tez orada qabul qiladi.

Havola :
Fikrlar