So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

03 dek 12:15
Yangiliklar

Boshqalar

Surxondaryolik o'qituvchilar 17 soatda 136 km masofani bosib o'tishdi va mamlakat rekordini yangilashdi

Teglar :  MarafonSurxondaryo
Gap shundaki, professionallar o'rtasida o'tkaziladigan marafon musobaqasida ham atletlar 42 kilometr 195 metr masofani bosib o'tishadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligi, tuman talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamkorligida o'ziga xos, tabir joiz bo'lsa supermarafon tashkil etildi.

Gap shundaki, professionallar o'rtasida o'tkaziladigan marafon musobaqasida ham atletlar 42 kilometr 195 metr masofani bosib o'tishadi. To'g'ri, buning uchun ular 3 soatdan ko'proq vaqt sarflashadi. Surxondaryoliklar esa bu masofani uch hissadan ziyodroqqa ko'paytirgan holda yugurish va sportcha yurish orqali bosib o'tishdi.

Kecha surxondaryolik marafonchilar «Denov-Termiz» yo'nalishi bo'ylab 136 kilometrlik masofani yugurish va sportcha yurish bilan to'liq bosib o'tish uchun startga chiqishgan edi. Ushbu supermarafonda tuman xalq talimi bo'limi metodisti Faxriddin Xudoyberdiev, shuningdek, bir guruh jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, jumladan 4-sonli umumtalim maktabidan Rustam SHerniyozov, 27-sonli umumtalim maktabidan SHerzod Ergashev hamda Akmal Toshev, 52-sonli umumtalim maktabidan Akmal Valiev, 66-sonli umumtalim maktabidan Dilmurod Bo'taev, 68-sonli umumtalim maktabidan Musurmon Sattorov hamda 71-sonli umumtalim maktabdan Erkin To'raevlar qatnashdi.

Kecha, yani 1 dekabr kuni soat 15:00da Denov pedagogika va tadbirkorlik instituti binosi oldidan startga chiqqan marafon ishtirokchilari tuni bilan dam olishmagan holda bugun soat 10:00da Termizga etib kelishdi. Yo'l-yo'lakay marafonchilar qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholini sog'lom turmush tarziga targ'ib etib borishganini ham alohida etirof etish kerak.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing