11 may 08:22
Yangiliklar
Dzyudo
Kichik Jarqo'rg'ondagi katta dzyudo bayrami FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida mehnat faxriysi To'xta bobo Qodirov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ikkinchi xalqaro turnir ishtirokchilar va xorijdan kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa mehmonlari orasida Olimpiya o'yinlari sovrindori Abdulla Tangriev, Davlat Bobonov, tojikistonlik Timur Rahimov, xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari SHahram Ahadov, SHarofiddin Boltaboev, Hikmatulloh To'raev kabi mashhur dzyudochilarni ko'rish mumkin edi.
Tantanali ochilish marosimida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov musobaqa tashkilotchisi Bahodir Qodirovga kimono va esdalik sovg'asi taqdim etdi. O'z o'rnida tashkilotchilar Surxondaryo viloyati, xususan, Jarqo'rg'on tumani sporti va dzyudosi rivojiga xissa qo'shgan sportchi hamda murabbiylarga pul mukofoti topshirishdi.






















Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar