So’nggi yangiliklar

15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0

12 may 10:17
Yangiliklar

Kurash

Denovdagi kurash musobaqasida taniqli polvon pichoqlab o'ldirildi

Teglar :  Surxondaryo
Ushbu mudxish voqea 9 may kuni soat 14:30 larda Denov tumanidagi tibbiyot texnikumi o'yingohida sodir bo'lgan.

Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Maydonda milliy kurash bo'yicha mahalliy musobaqa o'tkazilgan.

Musobaqada Nizomiddin polvonning o'g'li Ayubxon Xurramov raqibi Bo'stonbek Jabborov ustidan g'alaba qozongan. Ukasining mag'lubiyatidan g'azablangan Doston Jabborov esa Nizomiddin polvonning orqa tomonidan kelib, bir necha bor unga pichoq bilan zarba bergan. Buning natijasida og'ir jarohatlar olgan Nizomiddin CHo'tboev zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilganiga qaramay, jonlantirish bo'limida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko'ra, marhumning tanasiga to'rt marotaba og'ir pichoq zarbasi berilgan. Ko'krak qafasi, bel va dumba sohalariga etkazilgan jarohatlar ichki organlarni teshib o'tgan va hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati sifatida baholangan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o'zida Denov tuman prokuraturasi tomonidan Doston Jabborovga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» bandi (bezorilik oqibatida qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun.uz nashri manbasiga ko'ra, Doston Jabborov muqaddam sudlangan bo'lib, zo'ravonligi bilan tanilgan shaxs hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing