23 apr 19:24
Yangiliklar

Taktarov Nurmagomedov bilan uchrashishga qaror qildi
Avvalroq Taktarov va rossiyalik boshqa bir MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko o'rtasida mojaro yuzaga kelgandi. O'shanda Oleg Kavkaz xalqlari haqida kurakda turmaydigan gap aytgan edi.
"Kavkaz bilan bog'liq masala bo'yicha manda hammasi joyida. Biz muammoni hal qilamiz. Men u erga boraman. Kavkazda men hurmat qiladigan yagona inson bor - Dog'iston muftiysi. Yana suhbatlashish uchun do'stlar bor. Lekin ular bilan juda ham yaqin emasman.
Darvoqe, Dog'istonga borganimda, Xabib bilan ham uchrashishga harakat qilaman. U agar men uning burchagida bo'lsam, hech kimga yutqazmasligini tushunadi. Men nima qilishni juda yaxshi bilaman. Menga undan pul ham, sharaf ham kerak emas. Bularning hammasi menda bor", - dedi Taktarov.
Fikrlar